O‘zbekiston sun’iy intellekt texnologiyalarini davlat boshqaruviga joriy etishga tayyorligi bo‘yicha 190 mamlakatdan 158-o‘rinni egalladi. Bu haqda Oxford Insights tahlil markazining 2019-yil uchun The Government AI Readiness Index hisobotida ma’lum qilindi.

Foto: Inbusiness

Indeks dijital ko‘nikmalardan boshlab to ma’lumotlarni uzatish tizimlarining mavjudligi kabi to‘qqiz metrikadan iborat.

Reytingda O‘zbekiston 1,4 ball bilan Markaziy Osiyoda Turkmanistondan keyin to‘rtinchi o‘rindan joy olgan. Turkmaniston – 182-o‘rin, Tojikiston – 98, Qirg‘iziston 97-o‘rinda va Qozog‘iston 65-o‘rinda joylashgan.

“Minbar.uz”ning yozishicha, sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari 2030-yilga kelib global iqtisodiyotga 15 trillion dollar qiymat qo‘shishi kutilmoqda. Hisobotda aytilishicha, taraqqiy topgan davlat hukumatlari qoloq davlatlar hukumatlariga qaraganda bu texnologiya olib kelayotgan yutuqlardan ko‘proq foyda ko‘radi. Shu bois, O‘zbekiston kabi endi rivojlanayotgan davlatlar 4 Industrial inqilobidan foyda ko‘rolmay qolib, boqiy qashshoqlikka mahkum bo‘lib qolishi ehtimoli bor.

Sun’iy intellekt texnologiyalarini davlat boshqaruviga joriy etishga tayyorligi bo‘yicha Singapur birinchi o‘rinda ketmoqda, qolgan top yigirmatalikni G‘arbiy davlatlar egallagan. Kuchli yigirmatalikka Osiyodagi to‘rt davlat ham kirgan, lekin u yerda bitta ham Lotin Amerikasi yoki Afrikadan davlat yo‘q.