Samsung korporatsiyasi kvadrat shaklida yig‘iluvchi egiluvchan ekranga ega yangi telefonni yaratish ustida ish boshadi, deb xabar beradi Meduza.

Foto: “RV.ru”

Bloomberg nashrining yozishicha, telefon ekranining diagonali 6,7 dyuymni tashkil etadi. Yangi qurilma ikkita asosiy va bitta frontal kameraga ega bo‘lib, ular xuddi Samsung Galaxy Note 10’niki kabi ekranning yuqori qismida joylashadi.

Ishlab chiqaruvchi yangi qurilmani o‘zining birinchi yig‘ma telefoni Galaxy Fold’dan ko‘ra ingichkaroq va arzonroq qilib yaratishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi telefon 2020-yilning boshida taqdim etilishi mumkin. Shu bilan birga uning bozorga chiqishi Galaxy Fold’ning tijoriy muvaffaqiyatiga bog‘liq bo‘ladi.