Britaniyalik Mayk Bredli 2-sentabr, dushanba kuni rafiqasi va bolasi bilan dam olishga otlandi, deb yozmoqda Meduza. U easyJet aviokompaniyasi reysi orqali Manchesterdan Ispaniyaning Alikante shahriga uchishi kerak bo‘lgan.

Foto: Birmingham Live

Fransiya havo hududini nazorat qilish tizimida 1-sentabr kuni sodir bo‘lgan uzilish ko‘plab Yevropa avikompaniyalari, shu jumladan, easyJet reyslari jadvaliga ta’sir qilgan. Shunda Bredli hammasini o‘z qo‘liga olib samolyot shturvaliga o‘tirgan.

Bredli litsenziyaga ega uchuvchi bo‘lib, easyJet kompaniyasida ishlaydi. Reyslarda uzlish bo‘lishi ehtimolini oldindan bilgan Bredlining rafiqasi uni uchuvchilik litsenziyasini o‘zi bilan olishga ko‘ndirgan.

Bredli easyJet kompaniyasiga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini tanishtirgan va kapitan o‘rniga samolyotni boshqarishni taklif qilgan. Kompaniyada o‘ylab ko‘rib javobini aytishga va’da berilgan. Qaror qabul qilishga bir daqiqadan kam vaqt ketgan — uning taklifiga rozilik bildirilgan.

Natijada uchuvchi maxsus formasiz, oddiy kiyimda samolyotni boshqarishiga to‘g‘ri kelgan. “Agar uchuvchingiz bugun shunday ko‘rinishda ekaniga qarshi bo‘lmasangiz, Alikante sari parvoz qilamiz”, — deb hazillashgan kapitan. Uning so‘zlari qarsaklar bilan qabul qilingan.