Twitter ijtimoiy tarmog‘i Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi akkaunti orqali tvitlarining skrinshotini joylashtirib bormoqda, deb xabar beradi Meduza.

Foto: Androidinsider

Instagram dastlab foydalanuvchilar o‘zlarining suratlari bilan bo‘lishishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy tarmoq sifatida yaratilgan edi, biroq vaqt o‘tishi bilan u yerga hamma narsa joylashtirish mumkin bo‘lib qoldi: memlar, uzun matnlar, musiqiy kliplardan parchalar.

Ko‘pchilik Instagram’ga kulgili tvitlarning skrinshotlarini joylashtiradi. Bu shu qadar ko‘p sodir bo‘ladiki, ijtimoiy tarmoqda “Twitter skrinshoti — bu mem emas” degan tushuncha shakllanib qoldi. Trendga Twitter’dagi @Miagrassia28 niki ostidagi foydalanuvchi e’tibor qaratdi. U Twitter’ning rasmiy akkauntini qayd etib, kompaniyaga Instagram bilan bu borada gaplashib olish maslahatini berdi.

Twitter esa Instagram’da akkaunt ochib, @Miagrassia28’ning oltita postiga bo‘lingan skrinshotini joylashtirdi.

Skrinshot: Twitter

Instagram’dagi Twitter akkauntining vazifasi bitta — u tvitlar skrinshotini joylashtirib boradi. Instagram’ning Twitter’dagi akkaunti esa ushbu vaziyatga hech qanday munosabat bildirmagan.