O‘tgan asrning 60-yillarida Sobiq Ittifoq muhandis-konstruktorlari bukri “Zaporojes”ni afsonaviy Porsche 911’ning ajdodi hisoblanmish Porsche 356 sportkariga aylantirgan, deb yozadi Big Picture.

Foto: Big Picture

Markaziy ilmiy tadqiqotlar avtomobil instituti mutaxassislari “ZAZ-965” bazasida “Sport-900” nomini olgan avtomobil konseptini yaratgan.

Mazkur konseptning birinchi nusxasi 1963-yilda yig‘ilgan bo‘lib, “ZAZ-965A” shassisiga 1170 millimetrli shishaplastikli kuzov o‘rnatilgan. Uning dizaynida orqa motorli klassik kupening belgilari aniq ko‘rinib turgan.

Foto: Big Picture

“Sport-900”ning old va orqa o‘rindiqlari 2+2 shaklida bo‘lgan, ya’ni muhandislar uning orqa o‘rindiqlarini ham saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan. Zamonaviy sportkarlarda uchratish mumkin bo‘lgan yoysimon markaziy konsol esa juda chiroyli ko‘rinishiga ega.

Foto: Big Picture

Shishaplastikli kuzovdan foydalanish avtomobil og‘irligini 500 kilogrammgacha qisqartirish imkonini bergan. Shu sababli standart 27 kuchli motor va 4 bosqichli uzatmalar qutisi bilan “Sport-900” osonlikcha tezligini soatiga 100 kilometrga chiqara olgan.

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

Biroq hukumat mazkur avtomobilni ommaviy ishlab chiqarishga ruxsat bermagan va shundan keyin u prototipligicha qolib ketgan.

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture