Bagam orollariga yopirilgan “Dorian” to‘foni oqibatida halok bo‘lganlar soni 43 kishiga yetdi. Bu haqda orollarning bosh vaziri vakili Erik Vells Koksga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: Reuters

Avvalroq, halok bo‘lganlar soni 30 kishini tashkil etgani haqida ma’lum qilingandi.

Koksning ta’kidlashicha, ko‘pchilik bedarak yo‘qolganlar safida bo‘lgani sabab hukumat to‘fon oqibatida halok bo‘lganlar soni “sezilarli darajada oshishini” kutmoqda.

1-sentabr kuni “Dorian” to‘foni Bagam orollariga yopirilgan bo‘lib, orolning shimolida joylashgan Abako oroli infratuzilmasiga jiddiy zarar yetkazgan edi. “Qizil xoch” jamiyaning hisob-kitoblariga ko‘ra, Bagam orollarida 13 mingga yaqin uy vayron bo‘lgan.

To‘fon sabab Janubiy Karolina va Jorjiya shtatining  220 ming aholisi chiroqsiz qolgan. Shuningdek, Shimoliy Karolina va Floridada favqulodda holat e’lon qilingan.