Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 7-sentabr, shanba kuni Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqotda bo‘ldi.

Foto: “RIA Novosti”

“Birinchi bosqich bajarilgan deb hisoblayman. Men va Rossiya prezidenti Vladimir Putin va’da qilganlarimizning barchasini bajardik va kelishuvlarga xilof ish qilmadik”, — deya ta’kidlagan Zelenskiy.

Zelenskiy Moskvadan ikki davlat o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq ozod qilingan ukrainalik mahbuslarni shaxsan kutib olgan.

Eslatib o‘tamiz, shu kuni Rossiya va Ukraina o‘rtasida “35 ga 35” sxemasi asosida mahbuslar almashuvi amalga oshirildi.