Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining shtatdan tashqari uchta maslahatchisini ishdan bo‘shatib yubordi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Ishdan bo‘shatilganlar orasida raqamli transformatsiya masalari bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari Mixail Fedorov, yoshlar, madaniyat va sport vaziri Vladimir Borodyanskiy va Mudofaa vazirligi rahbari Andrey Zagorodnyuk bor.

Ular yangi hukumatning apparati tarkibiga kirgan edi.

Oliy Rada Aleksey Goncharuk boshchiligidagi Ukraina Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibini 29-avgust kuni tasdiqlagan edi. Yangi hukumatda uchta vazir o‘rni qisqargan. Energetika va Ekologiya vazirliklari, Iqtisodiyot va Agrar siyosat vazirliklari, shuningdek, Yoshlar va sport ishlari bo‘yicha hamda Madaniyat vazirligi birlashtirib yuborilgan. Vazirlar Mahkamasining oldingi tarkibidan faqatgin IIV boshlig‘i Arsen Avakov qolgan.