AQShning Tower Pinkster firmasi Michigandagi maktab kampusini qurolli hujum uyushtirilgan taqdirda qurbonlar imkon boricha kamroq bo‘lishiga qaratilgan holda loyihalashtirdi.

Foto: Tower Pinkster

Loyiha ustidagi ishlarga Jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha milliy institut mutaxassislari jalb etildi.

Qurilayotgan Fruitport maktabi bir-biridan yong‘inga qarshi eshiklar bilan ajratilgan segmentlarga bo‘lindi. Ushbu eshiklar jinoyatchini o‘quvchilardan ihotalash uchun qo‘riqlash pultidagi tugma bosilishi bilan yopilishi mumkin.

Foto: Tower Pinkster

Yo‘laklar egik holatda loyihalashtirilgan, bunday yechim ehtimoliy merganning ko‘rish imkoniyatini cheklaydi. Umumiy hududlarda esa ortiga yashirinish mumkin bo‘lgan beton bo‘rtiqlar ko‘zda tutilgan.

Kampusning oldi qismi binoga kirishda ko‘rinishni ochish uchun oynavand qilingan. Oynalar ularni o‘qdan himoya qiladigan maxsus plyonka bilan qoplanadi.

Foto: Tower Pinkster

Tower Pinkster AQShdagi ta’lim muassasalariga hujumlardan so‘ng mazkur loyiha ustida ish boshladi. Jumladan, Konnektikutdagi boshlang‘ich maktabda ro‘y bergan otishmada 28, Texasdagi maktabda esa 10 kishi halok bo‘lgandi.