Vitovt Electro E420 elektrobusi shanba kuni ilk bor Toshkentda o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatlandi. “Gazeta.uz”ning yozishicha, avtobus uch oy davomida mana shu yo‘nalishda sinovdan o‘tkaziladi. Belarusning “Belkommunmash” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan sariq rangli mashina 3-sentabr kuni O‘zbekistonga olib kelingan edi.

Foto: “Gazeta.uz”

“Toshshahartransxizmat” kompaniyasi va sinov davrida elektrobusga xizmat ko‘rsatadigan 7-avtobus saroyi rahbariyati elektrobusning birinchi reysi yo‘lovchilari bo‘ldi.

Foto: “Gazeta.uz”

Elektrobus Chilonzor-25 mavzesidan “Chilonzor” buyum bozoriga qatnovchi 41-avtobus yo‘nalishida sinovdan o‘tkaziladi. Yangi avtobus kelasi hafta boshidan yo‘nalishga chiqishi kutilmoqda.