Rejissor Todd Fillipsning bosh rolini Xoakin Feniks ijro etgan “Joker” filmi 76-Venetsiya kinofestivalining 7-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan yopilish marosimida “Oltin sher”ni qo‘lga kiritdi, deya xabar bermoqda Meduza.

Eng yaxshi rejissorga beriladigan “Kumush sher” mukofotiga esa “Cheksizlik haqida” (“About Endlessness”) nomli filmi uchun Roy Anderson loyiq ko‘rildi.

Roman Polanskining “Dreyfus ishi” (“J’accuse”) nomli filmi festival hakamlar hay’atining maxsus sovrini bilan taqdirlandi.

Luka Marinelli “Martin Iden” filmidagi ijrosi uchun eng yaxshi aktyor, “Gloriya Mundi” filmidagi roli uchun esa Arian Askarid eng yaxshi aktrisa deb topildi.

Eng yaxshi ssenariy uchun mo‘ljallangan mukofot esa “Cherri Leyndagi 7-uy” (“No.7 Cherry Lane”) animatsion lentasi uchun xitoylik rejissor Yunfanga nasib etdi.