Facebook 2019-yil dekabridan Deepfake Detall Challenge (“Dipfeyklarni aniqlash bo‘yicha kurash”) tanlovini boshlaydi. Bu haqda kompaniya blogida xabar berildi.

Foto: Time Magazine

O‘zbekistonliklar ham jahon miqyosida o‘tkazilayotgan mazkur tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

Facebook tanlovni o‘tkazish uchun yollangan aktyorlarning yuzlari aks etgan videolarning ochiq ma’lumotlar bazasini yaratadi.

Uning bir qismi sifatida ishtirokchilar kompaniyaga “sun’iy intellekt yordamida yaratilgan va foydalanuvchilarni yo‘ldan ozdirishda ishlatiladigan videolarni aniqlash va oldini olishda” yordam berishlari kerak.

Tanlov vazifalarini muvaffaqiyatli bajarganlarga Facebook’dan grantlar va mukofotlar topshiriladi. Sovrin jamg‘armasi 10 million dollarni tashkil etadi.

Tanlov 2020-yil martgacha davom etadi.

G‘olib turli jamoalarning algoritmlari samaradorligini baholash va bir-biri bilan taqqoslash mumkin bo‘lgan maxsus mexanizm yordamida tanlanadi.

Tanlov shartlari bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishish mumkin.