Hindiston koinot tadqiqotlari tashkiloti (ISRO) Oyga qo‘nish chog‘ida aloqa yo‘qolgan “Vikram” qurilmasining manzilini aniqladi.

Foto: AP

“Hozirda qurilma bilan aloqa o‘rnatishga harakat qilinmoqda. Qandaydir taxminlar qilishga hali erta”, — dedi tashkilot rahbari Kaylasavadivu Sivan.

Bundan avvalroq Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti (ISRO) “Vikram” qurilmasini Oyga qo‘ndirish bo‘yicha missiyaning so‘nggi bosqichida apparat bilan aloqani yo‘qotgani haqida xabar berilgandi.