Dilbar G‘ulomova Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi. 2000-yillarning boshlarida u Bosh vazir o‘rinbosari — O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlagan.

Foto: “Daryo”

Eslatib o‘tamiz, avgust oyining oxirida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Jasur Akromov va uning o‘rinbosari — axborot-tahlil markazi direktori Nuriymon Abulhasan ishdan olingandi. Ularning o‘rniga Abdug‘ofur Ahmedov qo‘mita raisi, Dilshod Eshnayev esa uning o‘rinbosari etib tayinlangandi. Qo‘mita rahbariyatiga kelgan Ahmedov ham, Eshnayev ham ilgari DXXda ishlagan.

Bundan avval Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning yangilangan asosiy vazifalari belgilangan edi.