2035-yilga kelib AQShda shamol va quyosh kabi qayta tiklanuvchi manbalar hisobidan elektr energiyasi hosil qilish gazdan ko‘ra foydaliroq bo‘lishi mumkin, deya xulosaga kelgan Amerikaning Rocky Mountain Institute (RMI) tadqiqot tashkiloti.

Foto: Getty Images

RMI mutaxassislari quyosh va shamol elektrgeneratsiyasining doimiy kamayib boruvchi xarajatlari va AQSh hududida mavjud gaz elektr stansiyalarini boshqarish hamda qurilayotganlari qiymati dinamikasini solishtirib ko‘rdi.

Tahlillar 2025-yildan keyin yangi gaz elektr stansiyalari qurilishining 90 foizi quyosh va shamol elektr qurilmalariga nisbatan qimmatga tushishi, yana 10 yildan so‘ng esa butkul foydasiz bo‘lib chiqishini ko‘rsatdi.

Shu bilan birga, investorlar yangi gaz elektr stansiyalari qurilishiga katta mablag‘ sarflashda davom etishi ham qayd etildi. E’lon qilingan rejalarga ko‘ra, 2025-yilgacha bu tarmoqqa 70 milliard dollar, mintaqalararo gaz infrastrukturasiga esa yana 30 milliard dollar sarflanadi.