Angren shahridan o‘tadigan A370 trassasida ayanchli yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi, deb xabar qiladi “Xabar.uz”.

Foto: “Xabar.uz”

Ma’lumotlarga ko‘ra, temiryo‘l kesishmasida avtobus va poyezd vagoni to‘qnashib ketgan. Guvohlarning ma’lumot berishicha, yo‘l-transport hodisasida kamida ikki avtobus va bitta Damas qatnashgan.

Ayni vaqtda “Toshkent — Farg‘ona” yo‘li Angren shahriga yetmasdan yopilgan, YPX xodimlari avtomobillarni Nurobod, Ilg‘or, Qo‘shsoy qishloqlaridan o‘tadigan aylanma yo‘lga yo‘naltirmoqda.

Foto: “Xabar.uz”

Tegishli vakolatli organlar yuz bergan hodisa yuzasidan yaqin vaqt ichida rasmiy axborot berishi kutilmoqda.