Xalqaro darajadagi triatlonchi, Ironman triatlon musobaqalarining o‘n karra g‘olibi Viktor Zemtsev O‘zbekiston triatlon terma jamoasiga murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston triatlon federatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Foto: Triatlon federatsiyasi matbuot xizmati

Viktor Zemtsev – MDH hududidagi eng mashhur triatlet, triatlon boyicha xalqaro toifadagi sport ustasi. Ilgari u “Z Iron Team” jamoasi bosh murabbiyi va “RedLava” jamoasining sardori bolgan. Donetsk jismoniy tarbiya va sport institutining bitiruvchisi.

Hozirda Zemtsev maxsus mashg‘ulot dasturini olib bormoqda va terma jamoaga saralash uchun sportchilarning faoliyatini batafsil o‘rganib chiqmoqda. Uning rahbarligi ostida o‘zbekistonlik sportchilar 15-avgustdan 8-sentabrgacha Fransiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etdi.

O‘quv-mashg‘ulot dasturi reja asosida olib borilmoqda. Sportchilar natijalarni yaxshilash uchun kuchli intilishga ega, ba‘zida mashg‘ulotlarni hatto sekinlatib turishga ham majbur bo‘lyapmiz. Shu oyda, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inidan keyin ikkita musobaqa start olish rejalashtirilgan: Iordaniyaning Akaba shahridagi musobaqalar va O‘zbekiston kubogining final bosqichi. Ushbu musobaqalardan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi shakllantiriladi. O‘ylaymanki, jamoa yil davomida o‘zgarishi bilan bir qatorda, to‘ldiriladi, chunki erishilgan natijalarning o‘zida to‘xtab qolmaslik kerak. Hozir men 10 nafar sportchi bilan ishlayapman va albatta, mamlakat miqyosida bu yetarli emas “Bugungi kunda ustuvor vazifa – birinchi navbatda Osiyo kubogi va chempionati darajasidagi yutuqlardan boshlab xalqaro maydonga chiqish.

Viktor Zemtsev, triatlon bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi

Yanada ko‘proq triatlon va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!