O‘zbekistonning Yevroittifoqdagi missiyasi rahbari Dilyor Hakimov Bryusselda YeI kengashi siyosat va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Sofiya Emmesberger bilan uchrashdi. bu haqda

Foto: Trend

Muloqot davomida Yevropa tomoni O‘zbekistondagi islohotlarni yuqori baholadi. Mamlakatda bo‘lajak parlament saylovlari va ularga YXHT to‘laqonli missiyasi ilk bor taklif etilganiga urg‘u berildi.

Muzokaralar chog‘ida qo‘mita delegatsiyasining Toshkentga 2019-yil 2—4-dekabr kunlari safari tafsilotlari muhokama qilindi. Yevroittifoq va O‘zbekiston ushbu safarga alohida e’tibor berayotgani qayd etildi. Delegatsiya tarkibiga Yevroittifoqning qo‘mitadagi elchilari, tuzilmaning Markaziy Osiyodagi maxsus vakili Piter Burian, shuningdek, Yevropa tashqi aloqalar xizmati vakillari kiradi.