Indoneziyaning sobiq prezidenti Buxoriddin Yusuf Habibiy 84 yoshida vafot etdi, deb xabar beradi “RBK”.

Foto: “Gazeta.ru”

Qayd etilishicha, Indoneziya sobiq prezidenti sog‘lig‘i to‘satdan yomonlashgani uchun Jakartadagi harbiy gospitalga olib kelingan edi. Habibiy ushbu shifoxonaning jonlantirish bo‘limida 9-sentabr, dushanba kuni vafot etgan.

Habibiyning o‘g‘li otasining 1-sentabr kuni yuragidagi muammolari tufayli shifoxonaga joylashtirilganini aytgandi.

Indoneziyada 14-sentabrgacha milliy motam e’lon qilingan.

Buxoriddin Yusuf Habibiy 1936-yilda tug‘ilgan, Germaniyada tahsil olgan.

1978-yilda u fan va texnologiyalar vaziri etib tayinlangan, bu lavozimda 20 yil ishlagan. Habibiy 1998-yilda mamlakat bosh vaziri bo‘lgan. O‘sha yilning o‘zida Indoneziya prezidenti etib saylangan.

Habibiyning prezidentligi mamlakat tarixidagi eng qisqa prezidentlik davri hisoblanadi. U mamlakatni 1999-yilda parlament tomonidan boshqa prezident saylanguniga qadar boshqargan.