Kecha, 10-sentabr kuni O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Hayitov go‘sht narxi oshib borishiga turli omillar qatorida aholi ko‘p go‘sht iste’mol qilayotgani sabab bo‘layotganini aytib o‘tdi.

Foto: “Kun.uz”

Amaldorning ushbu g‘alati bayonoti ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvga keltirib chiqardi. Trendsetter blogerlar, doimgiday, muhokamalarni boshlab berdi.

Hurmatli Aktam Hayitov, siz bu gapni o‘zingizni misolingizda aytdingizmi yo statistik ma’lumotlar asosidami? Mana bu yerda dunyo bo‘yicha go‘sht iste’mol qilish statistikasi turibdi. Unga ko‘ra biz Afrika davlatlari kabi iste’mol qilamiz ekan go‘shtni.

Sizni bu ishga nima uchun qo‘yishgan? Shu odam sohani rivojlantirsin, xalq ko‘proq go‘sht iste’mol qilsin, go‘shtdan qiynalmasin deb qo‘yishganmi?

Bozorlardagi qassobxonalarni oldida hech kuzatib turganmisiz? Yosh bolalar, ayollar kelib 50–60 ming so‘mlik go‘shtni olishga qurbi yetmasdan menga 10 ming so‘mlik tortib bering deganini kuzatganmisiz? Haftada bir marta yoki umuman go‘sht yemaydigan odamlarni bilasizmi? Bolalariga ilojsizlikdan go‘sht yeyish zarar ekan, odamni qaritar ekan deb cho‘pchak to‘qib, ichidan zil ketgan onaning dardini eshitganmisiz?

Ko‘p go‘sht yeyapmizmush, qayerdan kelib qoladi shunaqa kadrlar, hayronman. Biz shunchaki eplab ishlay olmayapmiz, qo‘limizdan kelmayapti stabil ushlab turish, deb qo‘ya qoling undan ko‘ra, hech bo‘lmasa haqgo‘y odam ekan deb hurmat qilaylik.

Ishqilib ertaga sog‘liqni saqlash vaziri “Biz slishkom ko‘p yashavoryapmiz” deb chiqmasa edi...

Alimoff Telegram-kanali asoschisi Nurbek Alimov

Kim ko‘p go‘sht yeydi?

Nima o‘zi u?

Bugun, 10-sentabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tibdi.

Unda mutasaddilar “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi va mohiyati yuzasidan ma’lumot berib, OAV xodimlari tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishibdi.

Jumladan, ushbu matbuot anjumanida qatnashgan O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Hayitov go‘shtning nega qimmatlab borayotganiga izoh berib shunday debdi:

“Go‘sht narxi nega qimmatlab ketyapti deb o‘ylaysizlar? To‘g‘ri, oziqa yetishmasligi birinchi sabab, ikkinchidan, bugun biz juda ko‘p go‘sht iste’mol qilyapmiz. Shunchalik ko‘p go‘sht yemoqdamizki, buning natijasida ko‘pgina kasalliklar paydo bo‘lyapti. Buni ‘Amerika kasalligi’ deyishadi, bu kasallik menda ham bor, hammamizning tanamizda ortiqcha go‘sht bor. Men faqat go‘shtni aytmayapman, ovqatlanish madaniyatimiz yo‘q”.

Aktam Hayitovning bu gaplarini o‘qib men ajablanmadim. Chunki bu odamning yolg‘on gapirishi mumkin emas. Aktam aka mol go‘shtini nazarda tutyaptilar, siz g‘alamislar esa bu zoti bobarokotni tushunmay ijtimoiy tarmoqlarda kalaka qilayapsizlar.

Tushuntiraman: AQSh, Kanada, G‘arb dunyosining aksar qismi parranda go‘shti yeydi. Eng ko‘p aholi istiqomat qiladigan davlat – Xitoyda ko‘proq eshak go‘shti va qurbaqa yeyishadi. Hindistonda esa sigir muqaddasligi uchun u ko‘chalarda o‘zi o‘lib harom qotmaguncha hech kim tegmaydi va so‘ymaydi. Hind musulmonlari esa hinduslardan qo‘rqishidan mol go‘shti yemaydi. Koreyslar ko‘proq it yeyishsa, yaponlar dengiz jonivorlari, xususan, akula va kit go‘shtini ko‘proq yeyishadi. Janubi-Sharqiy Osiyoda odamlar umuman go‘sht nimaligini bilmaydi, guruchni yovg‘on suvda qaynatib yeydi. Qo‘shnilarimiz qozoqlar va qirg‘izlar ot go‘shtini ko‘proq yeydi. O‘ris bilan xoxol cho‘chqa go‘shti yeydi.

Shunday ekan, mol go‘shtini dunyoda eng ko‘p biz iste’mol qilamiz. Shu jihatdan olsak, Aktam aka sizlar ta’riflaganday “gapni olib qochmayapti”lar. ???

Borini aytyaptilar.

Endi jiddiy gapga kelsam, kamxarj, kam ta’minlangan va oddiy oilalar bir oyda ham bir kilo go‘sht ko‘rmaydi. Buni bilish uchun sal yurib poytaxtdan uzoqroq hududlarga ham kelish kerak, janob. Ana shunda haqiqiy holatni ko‘rasiz.

Bugunning gapi UZ, bloger G‘ayrat Yo‘ldosh

So‘ng ijtimoiy tarmoqlarda ham birin-ketin hazil, sarkazm va kinoyaga boy postlar ko‘paya boshladi:

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Taniqli bloger Dima Qayum mavzuga oid latifa keltirdi:

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Twitter’da mashhur bloger Bakirov o‘ziga xos o‘xshatishlar qilib chiqdi:

Skrin: “Daryo”

Bloger Qahramon Aslanov, doimgidek, yangi mavzuga ham falsafiy yondashdi:

Skrin: “Daryo”

Lekin Twitter’dagi mutoyibalar bu bilan tugab qolgani yo‘q:

Olim va bloger Rustam Ashurov oxirgi paytlarda ko‘p tushayotgan “qovun”larga e’tiborini qaratdi:

Skrin: “Daryo”

Facebook’dagi satirachilar sahifasi – “Uyushmagan yoshlar” ham xursandchilikdan chetda qolmadi:

Skrin: “Daryo”

Post ostida qoldirilgan quyidagi izoh ham diqqatga sazovor:

Skrin: “Daryo”