Bundan roppa-rosa 18 yil avval, 2001-yilning 11-sentabr kuni jahon tarixidagi eng yirik teraktlardan biri yuz bergan edi: “Al-Qoida” terrorchilki tashkilotining 19 nafar a’zosi AQShda to‘rtta yo‘lovchi laynerini egallab olib, ularni Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazi va Vashingtondagi AQSh Mudofaa vazirligi binolariga yo‘naltirgan edi. Samolyotlar Nyu-Yorkdagi eng baland osmono‘par binolarga 17 daqiqalik farq bilan kelib urilgan — e’tiborga molik tomoni, ikkinchi to‘qnashuv birinchisidan so‘ng voqea joyiga yetib kelgan telekameralar tomonidan olingan. Teraktlar oqibatida 2977 kishi, xususan, olib qochilgan samolyotlarning yo‘lovchilari va ekipaj a’zolari, vayron bo‘lgan binolar yoki ularning yaqinida bo‘lgan insonlar, shuningdek, yerdagi shoshilinch xizmatlarning 400 dan ortiq xodimlari halok bo‘lgan.

United Airlines’ning olib qochilgan ikkinchi samolyoti — 175-reys — Jahon savdo markazining janubiy minorasiga yaqinlashib kelmoqda.

Foto: Meduza

Samolyot Boston aeroportidan havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay garovga olingan. Uning bortida 65 kishi bo‘lgan.

Foto: Meduza

Jahon savdo markazining janubiy minorasi bilan to‘qnashuv.

Foto: Meduza

Pentagon g‘arbiy fasadining teraktdan keyingi holati. AQSh Mudofaa vazirligi binosiga Vashingtondan havoga ko‘tarilgan samolyot kelib urilgan. Uning bortida 65 kishi bo‘lgan. Yerda yana 125 kishi halok bo‘lgan.

Foto: Meduza

Teraktdan so‘ng Jahon savdo markazi derazalarida turgan odamlar. Surat bino qulashidan bir necha daqiqa avval olingan.

Foto: Meduza

Qutqaruvchilar vayronalar ostidan Nyu-York o‘t o‘chirish departamenti xodimi Mixal Jajni olib chiqmoqda. Jaj olgan tan jarohatlari oqibatida 11-sentabr kuni vafot etgan.

Foto: Meduza

Odamlar yonayotgan Jahon savdo markazi binosidan o‘zini tashlamoqda. Teraktlar oqibatida bu yerda 2600 dan ziyod odam halok bo‘lgan.

Foto: Meduza

Foto: Meduza

Foto: Meduza

Jahon savdo markazi binolarining qulashi. Havo syomkasi yordamida olingan va 2010-yilda e’lon qilingan kadr.

Foto: Meduza

Jahon savdo markazi hududiga yondosh mavzelardagi piyodalar.

Foto: Meduza

Jahon savdo markazi vayronalari oldidagi o‘t o‘chiruvchilar.

Foto: Meduza

Foto: Meduza

Foto: Meduza

Foto: Meduza

Qutqaruvchilar va o‘t o‘chiruvchilar osmono‘par binolar vayronalari ostidan odamlarni izlamoqda. 11-sentabrdagi teraktlar oqibatida qutqaruv xizmatlarining 400 dan ortiq xodimlari halok bo‘lgan.

Foto: Meduza