KXDR yetakchisi Kim Chen In keng o‘lchamli zalp o‘t ochish reaktiv tizimlarining sinov uchirilishida shaxsan ishtirok etgan va uni boshqarib turgan. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligiga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Foto: Reuters

“Oliy yetakchimiz keng o‘lchamli zalp o‘t ochish reaktiv tizimlari jangovar operatsiyalar, trayektoriya tavsifi, mustaqil kuzatish aniqligi va funksiyasining yakuniy nuqtai nazaridan sinovdan o‘tkazilganini ma’lum qildi”, — deyiladi xabarda.

Agentlikning ta’kidlashicha, jami ikkita raketa uchirilgan.

Avvalroq, Janubiy Koreya harbiylari KXDRdagi Pxyonan-Namdo provinsiyasidan Yapon dengiziga qarata ikkita raketa uchirilgani ma’lum qilingandi.

Reuters agentligining Yaponiya hukumatiga tayanib xabar berishicha, KXDR tomonidan uchirilgan snaryadlar mamlakat xavfsizligiga hech qanday tahdid tug‘dirmagan.