Amerikaning Nyu-Jersi shtatidan bo‘lgan er-xotin EKU (sun’iy urug‘lantirish) amaliyotidan keyin boshqa otadan bola tug‘ilgani uchun reproduktiv klinikani sudga berdi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Foto: Depositphotos

Kristina Kedderich va Dryu Vasilevski qizlari katta bo‘lgan sari uning ko‘rinishida osiyoliklarga xos bo‘lgan belgilar namoyon bo‘la boshlaganidan so‘ng birovning bolasini katta qilayotganini bilgan. Ularning o‘zi yevropoid irqiga mansub.

O‘tkazilgan DNK tahliliga ko‘ra, Dryu Vasilevski haqiqatan ham qizning biologik otasi emasligi ma’lum bo‘lgan. Natijada shifokorlarning xatosi oilada kelishmovchilik keltirib chiqargan va oilaning buzilishiga olib kelgan.

Xabarda aytilishicha, sobiq er-xotin reproduktiv klinika shifokorlari xizmati uchun 500 ming dollar sarflagan.