Oq uy Ukrainaga Kongress tomonidan ma’qullangan 250 million dollar miqdoridagi harbiy yordamni ajratadigan bo‘ldi, deb xabar qiladi Meduza.

Foto: Politring

Kongress iyun oyida Ukrainaga 250 million dollar ajratishni ma’qullagan edi. Avgust oyining oxirida esa Donald Tramp administratsiyasi pullarning o‘tkazilishini bloklab qo‘ygandi. CNN telekanalining xabar berishicha, bu Trampning ajratilgan pullar AQSh manfaatlariga qanchalik mos kelishini tahlil qilish istagiga bog‘liq bo‘lgan.

Pul mablag‘lari 30-sentabrgacha, AQShda moliyaviy yil yakunlanguniga qadar o‘tkazilishi kerak edi. Aks holda Kongress yana qaytadan qaror qabul qilishiga to‘g‘ri kelardi.

Ta’kidlash kerakki, AQSh 2014-yildan buyon Ukrainaga 1 milliard dollardan ortiq harbiy yordam mablag‘larini ajratgan.