Qozog‘istonning Taroz shahrida pitbul zotli it qarindoshinikiga mehmonga kelgan 54 yoshli ayolni g‘ajib o‘ldirdi, deb xabar bermoqda Fergana News. Ayol bir necha litr qon yo‘qotgan va kasalxonada vafot etgan.

Foto: Almaty.tv

Qo‘shnilarning so‘zlariga ko‘ra, 3 yoshli it ayolga tashlanib uni tishlab, qoziq tishlari bilan yulib tashlagan, so‘ng ko‘chaga sudrab chiqqan. Itini ajratmoqchi bo‘lgan egasining ham, itni lom bilan urgan qo‘shnining aralashuvi ham yordam bermagan. Jangari it bir muddat chalg‘ib yana qurboniga tashlangan.

Tez yordam politsiyachilar itni otib tashlagunicha yarim soat kutgan. Ayol bir necha tirnalgan jarohatlar bilan shok holatida jarrohlik bo‘limiga yotqizilgan, ammo uni qutqarib qola olishmagan. U qariyb 2 litr qon yo‘qotgan.

Qo‘shnilardan birining aytishicha, it odamlarga birinchi marta tashlanishi emas. “Eshakdek kelidagan dahshatli it. Juda katta. Hammaga tashlanardi. Uning egasi hovli darvozasini doim yopib yurardi. Yopmagan payti esa tashlanardi. Politsiya bilardi, buni hamma bilardi. Nafaqat bizni, politsiyani ham tishlagan. O‘tgan yili yana bir odamni tishlagandi. U ham kasalxonada yotgan, bu safar esa butunlay”, — degan u.

Politsiya voqea yuzasidan tergov ishlarini boshlagan.