Moskva ma’muriyati shaharda maxsus texnika paradini o‘tkazdi. Shaharning markaziy ko‘chalaridan biri — Sadovoye halqa yo‘li bo‘ylab avtobuslar, ta’mirlash xizmatlari va tez yordam avtomobillari, tozalash, qutqarish va o‘t o‘chirish texnikalari, shuningdek, retroavtomobillar — jami 699 dona mashina o‘tdi. Batafsil — “Kommersant” tayyorlagan fotoreportajda.

Maxsus texnika paradi mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da Saxarov shoh ko‘chasidan boshlanib, Sadovoye halqa yo‘lida yakunlandi.

Foto: “Kommersant”

Moskvada shahar xizmatlari texnika paradi ilk bor 2016-yili tashkil etilgan va shu kabi paradlarning eng kattasi sifatida Ginnessning rekordlar kitobidan o‘rin olgan edi — o‘shanda paradda 662 ta maxsus texnika qatnashgan edi.

Foto: “Kommersant”

Bu yilgi paradda salkam 700 ta texnika qatnashdi, ular orasida o‘t o‘chiruvchi, tozalovchi, ta’mirlash xizmatlari mashinalari, jamoat transporti, qutqaruv texnikasi va boshqalar bor.

Foto: “Kommersant”

Ayni vaqtda xizmat ko‘rsatayotgan mashinalardan tashqari “Moskva transporti” muzeyida saqlanayotgan retroavtomobillar ham paradda qatnashdi.

Foto: “Kommersant”

Foto: “Kommersant”

Shahar kommunal xizmatlari texnika paradida qatnashayotgan avtobuslar.

Foto: “Kommersant”

Parad yakuniga yetgach, Saxarov shoh ko‘chasida ko‘rgazma tashkil etilgan.

Foto: “Kommersant”

Ko‘rgazma mehmonlarida turli xizmatlarning 200 dan ortiq mashinalarini tomosha qilish imkoni mavjud.

Foto: “Kommersant”

Parad munosabati bilan Saxarov shoh ko‘chasining bir qismi 13-sentabr soat 21:00 dan 15-sentabr soat 20:00 gacha transport harakati uchun to‘liq yopilgan.

Foto: “Kommersant”

Ko‘rgazma mehmonlariga, shuningdek, ekstremal vaziyatlardagi aviatsiya imkoniyatlari haqida ham ma’lumot berilgan.

Foto: “Kommersant”

Foto: “Kommersant”

Saxarov shoh ko‘chasidagi ko‘rgazmada turgan, “Kamaz” bazasida ishlab chiqilgan yo‘l yuvish mashinalari.

Foto: “Kommersant”

Ko‘rgazmada namoyishga qo‘yilgan o‘t o‘chirish mashinalari.

Foto: “Kommersant”