“Daryo” tahririyatiga Samarqand viloyatining Urgut tumanida joylashgan 27-umumta’lim maktabining o‘qituvchisi o‘quvchi qizni urganligi aks etgan video kelib tushdi.

Kadr: YouTube

Maktabdagi kuzatuv kamerasiga tushib qolgan voqea 13-sentabr kuni soat 16:30 atrofida sodir bo‘lgan. Muallima o‘quvchiga nima sababdan qo‘l ko‘targanligi noma’lum.

Yarim daqiqalik videoyozuvda maktab yo‘lagida o‘qituvchi ayol o‘quvchi qizga tanbeh berayotgani va urayotgani aks etgan.

Kadr: YouTube

Bu holatni ko‘rgan boshqa muallima esa indamasdan o‘tib ketgan.