Marg‘ilonlik usta o‘zining Lacetti avtomobilidan Ferrari’ga o‘xshash bo‘lgan avtomobil yasadi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi ma’lumotlariga asoslanib, Sputnik xabar berdi.

Foto: “Sof.uz”

Xabarda avtomobil old, yon va orqa tomondan olingan suratlari joylashtirilgan.

“Guruh a’zolari ushbu rasmlarni turlicha kutib olishdi, kimdir hazil aralash bu yigitni darrov ‘O‘zvatoprom’ga boshliq qilish kerak, desa boshqalar YHXB bunday avtomobilga oddiy yo‘llardan harakat qilishiga ruxsat berarmikan, deb xavotir olgan.

Nima bo‘lganda ham, yigitga qoyil qolish kerak. Axir noldan boshlab butun boshli avtomobil yasash uchun qancha vaqt, kuch va mablag‘ kerak”, — deyiladi xabarda.

Foto: “Sof.uz”

Foto: “Sof.uz”