Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Foto: Norma

Qarorga muvofiq, mobil qurilmalar:

2019-yil 1-noyabrgacha — ularni avtomatik tarzda mobil aloqa operatorlari tarmoqlariga ulash (aktivlashtirish) orqali bepul asosda;

2019-yil 1-noyabrdan — jismoniy shaxslar, import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchi korxonalarning mobil qurilmalarni xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodlari bo‘yicha ro‘yxatga olish tizimiga murojaat qilishi orqali bepul, 2019-yil 1-dekabrdan esa pulli asosda ro‘yxatga olinadi.

Nizomga ko‘ra, mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tizim operatori yoki tizim ro‘yxatga oluvchisiga murojaat bo‘yicha amalga oshiriladi.

Avval ro‘yxatga olingan mobil qurilmalar qayta ro‘yxatga olinmaydi.