Forbes jurnali 2019-yilda eng ko‘p haq olgan hip-hop qo‘shiqchilari reytingini e’lon qildi. Ro‘yxatni amerikalik reper boshqarmoqda, u o‘tgan yilgi yetakchi Jay-Z’ni birinchi o‘rindan ikkinchi pog‘onaga tushirib qo‘ydi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Foto: Rap-up

2019-yilda dunyoda eng ko‘p haq olgan 10 ta reper:

  1. Kanye Uest — 150 million AQSh dollari;
  2. Jay-Z — 81 million AQSh dollari;
  3. Dreyk — 75 million AQSh dollari;
  4. Diddy — 70 million AQSh dollari;
  5. Trevis Skott — 58 million AQSh dollari;
  6. Eminem — 50 million AQSh dollari;
  7. DJ Khaled — 40 million AQSh dollari;
  8. Kendrik Lamar — 38,5 million AQSh dollari;
  9. Migos — 36 million AQSh dollari;
  10. Chayldish Gambino — 35 million AQSh dollari.

Taxminlarga ko‘ra, 2019-yilda Kanye Uest Adidas bilan birgalikda ishlab chiqarilgan Yeezy krossovkalaridan tushgan daromad 1,5 milliard AQSh dollaridan ko‘p bo‘ladi va bu qo‘shiqchini dunyoning eng ko‘p haq oluvchi reperga aylantirdi.

Jay-Z esa Beyons bilan birgalikda amalga oshirgan On The Run II tur konsertlari sabab 2-o‘rinda qoldi. Umumiy hisoblaganda, 20 ta eng asosiy serdaromad reper topgan mablag‘— 860 million AQSh dollarini tashkil etdi va bu 2018-yildagi ko‘rsatkichdan 33 foizga ko‘p.

O‘tgan yilgi reytingda Uest 27,5 million AQSh dollari ishlab topgan va 10-o‘rinni egallagandi.