AQSh Vakillik palatasining razvedka ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Adam Shiff prezident Donald Trampning Ukraina yetakchisiga o‘tkazgan bosimi isbotlangudek bo‘lsa, impichment yagona chora bo‘lishini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Kommersant”.

Foto: Reuters

Donald Tramp jurnalistlarga Ukraina prezidenti bilan bo‘lib o‘tgan suhbat mazmunini qay yo‘sinda e’lon qilishni o‘ylab ko‘rishini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, “bu juda ajoyib suhbat bo‘lgan va bundan yaxshisini tasavvur ham qilib bo‘lmaydi”.

The Wall Street Journal mabasining ma’lum qilishicha, Donald Tramp iyul oyida Vladimir Zelenskiy bilan telefon suhbati chog‘ida Ukraina yetakchisidan AQShning sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden Xanterning o‘g‘liga qarshi tergov boshlashini talab qilgan. Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rahbari Vadim Pristayko ikki mamlakat yetakchisining suhbatini “do‘stona” va “hech qanday bosim bo‘lmagan” deya ta’riflagandi.

Jo Bayden Xanter prezident Donald Trampni o‘z vakolatini suiiste’mol qilishda aybladi va Kongressning telefon suhbatlari mazmunini tekshirish bo‘yicha harakatlarini qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, u prezidentga impichment e’lon qilinishi mumkinligini ham ma’lum qilgan.