Lockheed Martin 2030-yil 30-sentabrga qadar Artemis dasturi asosida 6 tadan 12 tagacha Orion kosmik kemalarini qurib bitkazishi lozim. AQSh Aeronavtika va kosmik fazoni tadqiq qilish milliy boshqarmasi (NASA) kompaniya bilan bu borada shartnoma imzoladi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Foto: NASA

Dasturga ko‘ra Oyga 2024-yilga qadar ayollar va erkaklarni uchirish mo‘ljallangan.

Dastlabki ikki kosmik kemaning narxi 2,7 milliard AQSh dollariga baholanmoqda va ular yaqin uch yil ichida yetkazib beriladi. Narxi 1,9 milliard AQSh dollariga teng yana uchta kema NASA ixtiyoriga 2022-yilda topshiriladi.

“Ushbu shartnoma Orion kemalarining keyingi o‘n yillik uchun ishlab chiqarilishi va NASA’ning Oyda odamlarning barqaror yura olishini ta’minlab, kosmonavtlarni Marsga uchirishga tayyorgarlik ko‘rmoqchi”, — NASA rahbari Jim Braydenstayn.

Boshqarmaning yana bir maqsadi kema tarkibiy qismlaridan ko‘p marta foydalanishni ta’minlash.

Avval AQSh prezidenti Donald Tramp 2024-yilga qadar har qanday yo‘l bilan Oyga amerikaliklarni uchirishni talab qilgan va ushbu maqsadlar uchun 1,6 milliard AQSh dollari ajratishini va’da bergandi. Davlat rahbari AQShning fazoga yana “quchoq ochishini” istamoqda.

“Roskosmos” kosmonavtlarning Oyga uchirilishini 2029-yilga rejalashtirgan. Odamlarni joylashtirish ishlari esa 2030-yilda amalga oshiriladi. 2018-yilda davlat korporatsiyasi oxirgi besh yil ichida ilk bora Rossiyaning 2030-yilgacha bo‘lgan kosmik strategiyasini taqdim etgan. Jahon bozorida raqobatbardosh soha mahsulotlari sonini oshirish, jarimali holatlarning oldini olish, Xitoy hamda Hindiston bilan ko‘p tomonlama hamkorlik, shuningdek, Oyga kosmonavtlar parvozlarini amalga oshirish asosiy maqsadlar qilib belgilangan.