O‘zbekiston Rossiyada o‘z mashinalarini yig‘ish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor, deb xabar beradi Spot.

Foto: “Vedomosti”

UzAuto Motors kompaniyasi boshqaruv direktori Aleksandr Saxapovning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar “faol bosqichda” bo‘lib, yil oxiriga qadar yakuniy javoblar ma’lum qilinadi.

Ishlab chiqarish maydonchalar orasida Karachayevo-Cherkesiyadagi ishlamayotgan “Derveys” zavodi, shuningdek, GM’ning Sankt-Peterburgdagi zavodini sotib olish varianti ham ko‘rilmoqda.

Bunga qadar “Derveys” zavodida Xitoyning Lifan va Chery markalari yig‘ilgan, hozirda esa ishlab chiqarish to‘xtatib qo‘yilgan.

2018-yilning aprelida GM Uzbekistan va Rossiya sanoat va savdo vazirligi bilan Sankt-Peterburgdagi GM zavodi maydonchasida maxsus investitsiyaviy shartnoma imzolash masalasini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berilgandi.

Kompaniyaga Peterburgdagi zavod bazasida Chevrolet’ning bir nechta modellarini yig‘ish bo‘yicha bitim taklif qilinmoqda.