Galaktikamizda o‘zga sayyoraliklar mavjud emas. SpaceX rahbari Ilon Mask to‘liq yig‘ilgan ilk Starship raketasi taqdimotida shunday fikr bildirdi, deya xabar berdi “RIA Novosti”.

Foto: AP

SpaceX rahbariga ko‘ra, harbiylar o‘zga sayyoraliklarni yashiradigan “51-zona” haqidagi gap-so‘zlar ommalashgan memdan bo‘lak narsa emas.

“Bilishimcha, biz yagona aqlli tirik mavjudot bo‘lsak kerak. Balki boshqa joylarda hayot bordir, lekin uning alomatlarini ko‘rmadik. O‘zga sayyoraliklar haqida so‘rasangiz, ular bor-yo‘qligini o‘zim ham bilishni istardim”, — dedi Ilon Mask.

Ilon Mask koinot va o‘zga sayyoralarni tezroq zabt etishga da’vat etib, Quyosh Yer sayyorasini butkul vayron qilishiga “atigi 700 million yil” qolganini eslatib o‘tdi.