Rossiyalik olimlar Armanistondagi qishloqlardan birida yashovchi 22 yoshli Satenik Kazaryanning ko‘zidan to‘kilayotgan kristallar tarkibini aniqladi. Bu haqda “NTV” telekanali xabar bermoqda.

Foto: “NTV”

Telekanal muxbirlari Kazaryanning uyida bo‘lganida Satenikning ko‘zidan har uch-to‘rt soatda o‘ntagacha kristall bo‘lagi olinayotgani haqida hikoya qilindi. Ular bir necha bo‘lakni Rossiyadagi gemologiya laboratoriyasiga ekspertiza uchun olib bordi. Bu yerda ular oddiy shisha ekanligi aniqlandi.

“Organizmda shisha hosil bo‘lmasligi ilmiy isbotlangan fakt. Kazaryan ruhiy buzilish — Myunxauzen sindromi bilan og‘rigan bo‘lishi mumkin. Bu holatda inson ongli ravishda o‘ziga o‘zi ziyon yetkazadi”, — deydi mutaxassislar.