Dog‘istonning Derbent shahrida shu yurtda yashab kelayotgan 16 millat vakillaridan iborat 30 nafar kelin-kuyov nikohdan o‘tgan, marosimlarga 10 mingdan ortiq mehmon tashrif buyurgan. Bu haqda “Derbentskiye novosti” xabar berdi.

Foto: Derbent shahri meriyasi

Eng yosh kelin-kuyovlarning yoshi 19 da, tadbirlarda brilliant to‘yini nishonlagan eng yoshi katta juftlik esa 60 yil davomida birga yashab kelmoqda.

Marosimda bir yo‘la ikkita jahon rekordi o‘rnatilgan: eng ko‘p turli millat vakillari nikohdan o‘tgan to‘y hamda eng ko‘p mehmon tashrif buyurgan nikoh oqshomi. Ikkala natija ham Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.