SpaceX kompaniyasi asoschisi Ilon Mask Oy yoki Marsga odamlar hamda yuklarni tashishga mo‘ljallangan ko‘p martalik Starship kosmik kemasining prototipini ommaga taqdim etdi, deb xabar beradi Meduza.

Foto: AFP

29-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan taqdimot davomida kosmik kema Texas shtatidagi maydonchadan start oldi.

SpaceX’ning ta’kidlashicha, kema yuz nafarga yaqin odamni va yuklarni tashishga qodir bo‘lib, Oy va Marsni zabt etishning asosiy bo‘g‘iniga aylanishi mumkin. Kompaniya o‘z kemasini “tarixdagi eng kuchli raketa” deb atadi.

Raketa ikki pog‘onadan iborat — Super Heavy tezlashtirgichi va Starship’ning o‘zi. Kemaning og‘irligi 120 tonnaga, uzunligi 50 metrga teng.

Maskning so‘zlariga ko‘ra, Starship 1-2 oydan so‘ng o‘zining birinchi parvozini amalga oshiradi: kema 20 kilometr balandlikka ko‘tarilib, ma’lum vaqtdan so‘ng yana yerga qaytadi.

Bu ahmoqlikdek tuyulishi mumkin, lekin o‘ylashimcha, olti oydan kamroq vaqt ichida orbitaga chiqishga harakat qilib ko‘ramiz.

Ilon Mask, SpaceX kompaniyasi asoschisi

Tadqimot vaqtida SpaceX rahbari o‘z kemasining noodatiy tashqi ko‘rinishini muhokama qilib, zanglamaydigan po‘latdan ishlangan raketa olovga bardoshli shaffof yupqa keramik qatlam bilan qoplanganini ma’lum qildi.