29-sentabr kuni Afg‘oniston shimolidagi Parvon viloyatida bosh vazir Abdulla Abdullaning saylovoldi shtabida bo‘lgan sakkiz nafar kuzatuvchi o‘g‘irlab ketildi, deb xabar beradi “Afghanistan.ru”.

Foto: Reuters

Viloyat gubernatori matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, kuzatuvchilar Shinvari shaharchasidagi saylov uchastkasida ishlagan. Ular uyiga qaytayotganida “Tolibon” harakati jangarilari tomonidan o‘g‘irlab ketilgan.

Ta’kidlanishicha, ayni vaqtda asirlarni ozod etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilmoqda. Gubernator matbuot kotibi Vahid Shakharning so‘zlariga ko‘ra, politsiya asirlarga biror zarar yetkazib qo‘ymaslik uchun hozircha hech qanday harakatlarni amalga oshirgani yo‘q.

28-sentabr kuni soat 7:00 da Afg‘onistonda navbatdagi prezidentlik saylovlari boshlangan edi. Saylovlar vaqtida 113 ta hujum oqibatida qurbon bo‘lganlarning soni 32 nafarga, jarohatlanganlar esa 123 nafarga yetgan.