Xonanda Munisa Rizayeva o‘zining Instagram’dagi sahifasida to‘y va marosimlardagi “birrov” xizmati narxi muhokamalarga sabab bo‘lgani uchun ushbu fikrlarga o‘zining munosabatini bildirib o‘tdi.

Foto: Instagram / @munisarizaeva

Munisa Rizayevaning ta’kidlashicha, u “birrov” xizmati uchun oladigan 700 dollar puldan bir oyda 150 ga yaqin insonlar foyda ko‘radi.

Bugungi kunda aholi har bir mansabdor, mashhur, e’tiborga tushgan insonlarni hatto xarajatigacha kuzatmoqda. Xonandalar ham har doimgidek toshlar ostida. Men Munisa Rizayeva 4 ta qo‘shiq ijro etsam-da, mening jamoamdagi insonlar-chi? Har biri o‘z ishining ustasi, shuning uchun ham ularning mehnatlarini qoplab bera olishim zarur. Mening ijodimdan umumiy bir oyda 150 ga yaqin insonlar foyda ko‘radi. Men 700 dollarning hammasini o‘zim uchun olmayman! Nafaqat men bugungi shou-biznes buni talab qilgani uchun estradamizning barcha vakillarida shunday. Xulosa o‘zingizdan.

Munisa Rizayeva, xonanda