Xitoyda qamoqdan qochgan mahbus 17 yil davomida g‘orda yashiringani ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda BBC.

Foto: BBC

Qochqin Sun Szyan sobiq politsiyachi bo‘lib, ayollar va bolalar savdosi bilan shug‘ullangani uchun hukm qilingan. 2002-yilda qamoqdan qochishga erishgan. Shu vaqtgacha u o‘zi yashaydigan shahar yaqinida bo‘lgan.

Sun Szyanning qayerda joylashganligini drondan olingan surat yordamida aniqlangan. Politsiyachilar yuqoridan olingan suratda g‘or ustidagi ko‘k rangli temir tom va yaqin atrofdagi chiqindilarni ko‘rgan.

Foto: BBC

Qochqin yashiringan g‘orda qo‘lga olingan. Politsiya xabariga ko‘ra, Sun Szyann uzoq vaqt davomida yolg‘izlikda yashagani uchun organ xodimlari bilan gaplashishda qiynalgan. Oxir-oqibat erkak yana qamoqqa yuborilgan.