O‘zbekistonda mahalliy undan qolipli non ishlab chiqaruvchilar 2020-yilning 1-iyulidan QQSdan ozod etiladi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Foto: Google Images

Bu Vazirlar Mahkamasining 30-sentabrdagi “Donni qayta ishlovchi korxonalar va qolipli non ishlab chiqaruvchilarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Qayd etilishicha, bu donni qayta ishlash korxonalarini qo‘llab-quvvatlash va narxlar ko‘tarilishini oldini olish uchun amalga oshirilmoqda.

1-oktabrdan boshlab import qilingan va importda QQS solingan donni qayta ishlovchi korxonalar soliq solinadigan QQS aylanmasini Soliq kodeksida belgilangan tartibda aniqlaydilar.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda “buxanka” non 2018-yilning 15-sentabridan bozor narxida sotilishi boshlangan va shu yili narxi eng ko‘p oshgan mahsulot bo‘lgandi.