Tayvanning shimoli-sharqidagi Ilan uyezdida ko‘prik qulab tushdi. Hodisa ko‘prik bo‘ylab benzin tashiydigan mashina harakatlanayotgan vaqtda yuz bergan. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Qulagan ko‘prik bo‘laklari uning ostida bo‘lgan baliqchilar qayig‘ining ustiga tushgan. Halok bo‘lganlar haqida xabar berilmagan, 20 kishi jarohat olgan, shu jumladan, benzin tashuvchi mashina haydovchisi va to‘qqiz nafar baliqchi kasalxonaga yotqizilgan. Rasmiylarning ma’lumotlariga ko‘ra, yana olti kishi ko‘prik vayronalari ostida qolmoqda.

2018-yilda Italiyaning Genuya shahrida joylashgan ko‘prik qulagan edi. Hodisa oqibatida 43 kishining halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.