Yaqinda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan OAV vakillari va turistik agentliklar uchun  Navoiy va Buxoro viloyatlariga infotur tashkil etildi. Unda “Daryo” muxbiri Xonzodabegim A’zamova qatnashdi. U Navoiydagi Aydarko‘lda bo‘lib, o‘ziga xos maskan haqida reportaj tayyorladi.

Infoturdagi ikkinchi manzil O‘zbekistonning eng katta sun’iy ko‘llaridan biri — Aydarko‘l bo‘ldi. Ma’lumotlarga qaraganda, 1968—1969-yillarning bahorida havoning keskin ilib ketishi va yog‘ingarchiliklarning ko‘p bo‘lishi oqibatida Sirdaryoda qurilgan Chordara suv ombori toshib ketgan. Katta xavfning oldini olish uchun ortiqcha suv Arnasoy, Tuzkon va Aydarko‘l botiqlariga oqizilgan. Shunday qilib, Nurotada yangi Aydarko‘l paydo bo‘lgan.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati

Yana bir qiziq ma’lumot: mahalliy aholi haybatli bo‘lgani uchun uni Haydarko‘l deb ham atarkan. Yana uning Feruzako‘l degan nomi ham bor ekan. Balki chiroyli bo‘lgani uchun shunday deyishar? Yana bilmadim...

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati

Nima bo‘lganda ham, bu yer menda katta taassurot qoldirdi. Suvni yaxshi ko‘rgan odamlar uchun ayni muddao joy. Bu yerda baliq ovlash, cho‘milish yoki va shunchaki milliy ruhda bezatilgan o‘tovlarda dam olib, tabiatdan zavqlanish mumkin.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati

Foto: “Daryo”