Butun dunyoda bo‘lgani kabi yurtimiz tabiati g‘aroyib mo‘jizalarga boy. Ana shunday mo‘jizaviy maskanlardan biri Urgut tumanidagi Qoratepa qishlog‘i yaqinidagi noyob xarsang toshlar joylashgan tog‘ adirligidir. G‘ayrat Yo‘ldosh adirlikda bo‘lib, fotoreportaj tayyorladi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Bu yerda joylashgan xarsanglar orasida noyob hayvonlar shaklidagi va boshqa turli ko‘rinishdagi toshlar bor. Bu joy hamyurtlarimiz bilan birga xorijdan keladigan sayyohlar orasida ham mashhur.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ayniqsa o‘tgan asrning 70-yillarida Germaniya Demokratik Respublikasining DEFA (DEFA, Deutsche Film AG, Deutsche Film-Aktiengesellschaft) kinostudiyasi tomonidan ishlangan va mashhur aktyor Goyko Mitich bosh rolda o‘ynagan “Apachilar” filmining bir qismi shu noyob xarsang toshlar joylashgan tog‘ adirliklarida suratga olinishi bu joyni yanada mashhur qilib yubordi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Qoratepa tog‘ adirlarida joylashgan noyob tabiat manzaralariga boqib, kishi faqat hayratlanadi xolos. Zarafshon tog‘ tizmalariga kiruvchi tog‘ adirlarida joylashgan bu noyob va mahobatli toshlarning antiqa va g‘aroyib shakllari har qanday insonni hayratlantiradi. Bugun ushbu tog‘ adirligidagi bir necha asrlik teshiktoshni, haybatli toshbaqani eslatuvchi yirik xarsang toshlarni ko‘rgani yil davomida sayyohlar kelib turibdi. Ular orasida ko‘plab xorijlik sayyohlar ham bor.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Bu yerdagi noyob toshlarni tomosha qilar ekansiz, ularning ayrimlarini qandaydir jonzot shakliga o‘xshashini ko‘rib hayratlanasiz. Yana bir qism toshlar esa ustiga yozilgan “sevgi tarixlari”dan so‘zlaydi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ularning ustiga bo‘yoq bilan yozilgan yozuvlarni ko‘rib odamlar orasida befarosatlar ham ko‘pligiga amin bo‘lasiz. Dunyoda bunday g‘aroyib shakllarga ega bo‘lgan toshlar ko‘p emas. Biz bunday toshlar yurtimizda ham borligi bilan bemalol faxrlansak bo‘ladi. Ammo biz hozircha faxrlanish va ularni asrab-avaylash o‘rniga, toshlarga bo‘yoq bilan “sevgi tarixlari”ni yozib, ularni tahqirlayapmiz va zarar yetkazayapmiz xolos.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.