Facebook kompaniyasi Instagram tarmog‘idagi eng yaqin do‘stlar bilan yozishish imkonini beradigan Threads messenjerini tadim etdi. Bu haqda Instagram matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Instagram-press

“Biz foydalanuvchilarning tor doiradagi do‘stlari bilan kun davomida uzoq muloqot qilishiga, nima ish bilan shug‘ullanayotgani yoki nimani his qilayotganini aytishga ehtiyojlari borligini sezdik”, — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Threads’da suhbatdoshning qayerda ekanligi haqida ma’lumot beruvchi funksiya ham mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida foydalanuvchilar matn, foto, video hamda joylashuvlari bilan o‘sha vaqtning o‘zida bo‘lishishlari mumkin bo‘lgan dastur yaratilayotgani haqida xabar berilgandi.