Xitoy raisi Si Szinpin Xitoy Xalq Respublikasiga asos solinganligining 70 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan paradda ishtirok etdi. Mamlakat rahbari yangi Hongqi L9 limuzinida harakatlandi. Limuzinning suratlarini Motor taqdim etdi.

Foto: Motor

Hongqi xitoy tilidan tarjima qilinganda “qizil bayroq” ma’nosini bildiradi. Mazkur avtomobil Rossiyaning Aurus markasining o‘xshashi hisoblanadi. Xitoy brendi FAW davlat konserniga tegishli va 1958-yildan buyon mahalliy elita qatlami uchun hukumat avtomobillarini ishlab chiqaradi.

Foto: Motor

Bundan avval ishlab chiqarilgan Hongqi HQE bilan taqqoslaganda, yangi modelning kuzovi va saloni o‘zgargan. Tashqi ko‘rinishi 2009-yilda ishlab chiqarilgan Hongqi HQE modelinikiga o‘xshasa ham, L9’ning tashqi ko‘rinishi qaytadan ishlab chiqilgan.

Foto: Motor

Xitoy parad mashinalari uchun an’anaviy bo‘lgan lyuk zirhlangan kuzov bilan uyg‘unlashib ketgan. Orqa eshiklarning harakat yo‘nalishiga qarama-qarshi ochilishi o‘zgarishsiz qolgan.

Foto: Motor

Qayd etilishicha, yangi limuzin avvalgi model kabi 6 litr sig‘imli V12 dvigateliga ega. HQE’ning dvigateli 480 ot kuchiga ega bo‘lgan.

Foto: Motor

Xorijiy safarlari chog‘ida Xitoy yetakchisi Hongqi N501 limuzinidan foydalanadi. Mazkur model Hongqi qatorida mavjud emas va bu avtomobil haqida rasmiy ma’lumot ham yo‘q.