Xalqlar do‘stligi san’at saroyida “Maximum” kulgi jamoasi o‘zining ilk konsert dasturini taqdim etdi. Jurnalist Feruz Muhammad mazkur konsert dasturidan reportaj tayyorladi.

Foto: “Daryo”

“Maximum” kulgu jamoasi o‘zining ilk konsert dasturida bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo‘layotgan mavzularni olib chiqishdi.

Misol uchun yer olishda hokimiyat bilan kelishmayotgan biznesmen, go‘sht narxining oshib ketgani, poraxo‘r xodim singari bir qancha sahna ko‘rinishlari orqali internet olamida mashhur bo‘lgan mavzularga qo‘l urishdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Sahna ko‘rinishlarida blogerlar ham eslandi.

Xonanda Jahongir Otajonov dastur mehmoni bo‘ldi. Jamoa a’zolari Jahongir Otajonov bilan bog‘liq sahna ko‘rinishi ham tayyorlashgan ekan.

Foto: “Daryo”

Xonanda Jahongir Otajonov “o‘zi ham tanimaydigan shogirdi”ning xatti-harakatlariga mos ravishda, ancha yillar oldin katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan odati, ya’ni sahnada yotib kuylashni yana bir marta takrorladi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Konsert dasturida mehmon bo‘lgan “Bravo” kulgi jamoasining a’zosi Umid Umarov “Maximum” jamoasining ilk konsert dasturi haqida quyidagi fikrlarni bildirdi.

To‘g‘risini aytaman, bizga yana bitta raqobatchi paydo bo‘ldi. Juda ham zo‘r chiqishdi, jamoaga omad tilab qolaman. Biz qo‘l urmoqchi bo‘lgan mavzularga bu jamoa a’zolari ham murojaat qilishibdi, endi biz u mavzularga boshqacha yondashamiz. Bu erkin raqobat, Messi Ronalduni kuzatganidek, biz ham bir-birimizni kuzatib, kamchiliklarimizni to‘ldirishimiz kerak. Biz ulardan, ular bizdan o‘rganadigan narsalar bor. Juda ham yaxshi jamoa shakllangan. Birinchi konsert dasturi uchun besh baho beraman.

Umid Umarov, “Bravo” jamoasi a’zosi