“Medya haber” telekanalining “6-kun” ko‘rsatuvida Turkiya Xalq demokratik partiyasining Istanbuldagi deputati va advokat Zuleyha Gulum mehmon bo‘lib, o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi, deb yozadi “Togri.uz”.

Ko‘rsatuv boshlovchisi Nodira Qodirova o‘limi bo‘yicha nimaga DNK test olinmagani bilan deputat Zuleyha Gulumga “bu o‘z joniga qasd qilishmi yoki jinoyat” deya yuzlanadi.

Foto: “Togri.uz”

Bu ishning boshidan kuzatsangiz, surishtiruv ishlari biz bilgan qoidalarga binoan ketmayotganini ko‘rasiz. Turkiyada xoh qasd bo‘lsin, jinoyat ishi bo‘lsin, surishtiruvlar, dalillar to‘planishi kerak. Qisqa muddatda autopsiya qilinib jasad ko‘milishi kabi holatlar kuzatilmaydi. Bu ko‘proq vaqt talab qiladi. Ammo bunda hammasi juda tez fursatda amalga oshirildi. Qiziq tomoni, O‘zbekistonda ham autopsiya qilinmabdi. OAVda “jinoyat sodir bo‘lgan uyda bo‘lganlarning barmoq izlari olindimi, tintuv ishlari olib borildimi, xonada qil, soch, tupuk kabi xonada kimlar bo‘lganini isbotlovchi dalillar aniqlandimi” kabi savollarga aniq javob yo‘q. Qolaversa, o‘q uzish pozitsiyasining qay tarzda bo‘lganini aniqlash, bunday da’vo haqiqatga yaqinmi-yo‘qmi kabi muhim savollarga ham javob topolmaysiz

XDP deputati Zuleyha Gulum

Boshlovchining bu kabi savollarga javoblarning yo‘qligi jinoyat sodir bo‘lganini haqiqatga aylantiradimi, degan savoliga, deputat “albatta, bularning barchasi shubhalarni oshiradigan narsalar. Prokuratura esa o‘z hisobotlarida zaruriy ishlarning barchasi qilinganini aytmoqda”, degan Zuleyha Gulum.

Shuningdek, guvohlarga bo‘lgan munosabat masalasiga to‘xtalsam. Guvohlarni aybdorga chiqaradigan savollar berilishi guvohlarning o‘zlarini ortga olishiga sabab bo‘lmoqda. Ya’ni guvohlarga bu bo‘yicha guvohlik bermaslikka qaratilgan savollar berilgan. Boisi ularga nisbatan bosim uyushtirlyapti. Bu esa guvohlarning haqiqatni aytish fikridan qaytarishga erishiladi. Aslida, haqiqiy surishtiruv ishlari olib borilganiga oid aniq faktlar ko‘rsatilmayapti

Zuleyha Gulum

Avvalroq, Adolat va Taraqqiyot partiyasining Istanbuldagi deputati, iste’fodagi general Shirin Unalning uyida bir yildan beri ishlab kelgan 23 yoshli Nodira Qodirova o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar berilgandi.