Turkmanistonning Mari viloyati, Yo‘latan tumanidagi do‘konlarga davlat belgilagan narxlarda sotiladigan unning avgust va sentabr oylari uchun yetkazib berilmagan.

Aholi kishi boshiga ikki buxankadan sotiladigan sifati past nonni xarid qilishga majbur bo‘lmoqda. Bozorlarda turkman unining 1-navi 50 kiloli qoplarda 150 dan 200 manatgacha (43—57 dollar atrofida) sotilmoqda. Biroq ko‘pchilikning bu narxda un sotib olishga qurbi yetmaydi.

Davlat narxlaridagi unni avgust va sentabr oylari uchun Turkmangala, Bayramali, Taxtabozor va Murg‘ob tumanlari aholisi ham olmagani aytilmoqda.