Qirg‘izistonning Bishkek shahridan 35 km uzoqlikdagi “ZIL” tog‘-chang‘i bazasida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga haykal o‘rnatildi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Foto: 24.kg

Yaqin orada Rossiya yetakchisining haykali yoniga minnatdorchilik so‘zlari yozilgan stelani o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, bazada Vladimir Ilich Lenin hamda qirg‘izistonlik mashhur yozuvchi Chingiz Aytmatovning ham haykallari o‘rnatilgan.

Vladimir Putinning bronza haykali
Foto: 24.kg

Chingiz Aytmatovning bronza haykali
Foto: 24.kg

Joriy yilning 29-mayida Qo‘rg‘on viloyatining Chastoozerya qishlog‘ida “Vatanga xizmat” deb nomlangan haykal kompozitsiyaning ochilishi bo‘lib o‘tgan va tadbir tashkilotchilari Rossiya prezidentining bronzadan yasalgan figurasini ushbu kompleks markaziga joylashtirishni ko‘zlagandi. Ammo Qirg‘iziston prezidenti administrasiyasi ushbu tashabbusga rozilik bildirmagan.